Kuni kecha, Nurafshon shahrida Zoyir Mirzayev raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” oʻtkazildi. Unda bir qator muhim masalalar tanqidiy tahlil qilindi.
Jumladan, 2023-yilning birinchi choragi yakuni bilan budjet tushunmlari prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi, viloyatda dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyat hokimining vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.Xususan, Qibray tumanida dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagani uchun tuman hokimi ogohlantirildi, uning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Toʻychiyevga “Hayfsan” intizomiy jazosi berildi.
Yangiyoʻl tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar yer maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllash boʻyicha taklif kiritildi.
Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlarini auksionga chiqarilishini yetarli darajada nazoratga olmaganligi uchun “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi berildi.
Toshkent viloyatidagi qabristonlar uchun qoʻshimcha yer ajratish boʻyicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga etkazish topshirigʻi bajarilmaganligi viloyat hokimligiining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham “Hayfsan” berildi.
Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl, Parkent tumanining hokimlari dehqon xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha 100 gektardan yer maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan boʻldi.
Xalqqa yer ajratib berish ishlarini paysalga solgan rahbarlar bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bu aholining oziq-ovqat xavfsizligi va farovonligi bilan chambarchas muhim tarixiy voqea. Ochigʻi, bu boradagi hujjat ijrosi Toshkent viloyatida soʻzsiz bajarildi, deyish ham aslida kamlik qiladi. Biz ehtiyojlardan kelib chiqib, yana qoʻshimcha yer ajratishni oʻylashimiz kerak. Toki, yer olaman, dehqonchilik qilaman, degan aholi, birinchi navbatda, yoshlarning shashtini qaytarmaylik, – dedi Zoyir Mirzayev.
Yigʻilishda viloyat hokimligi va shahar-tumanlar hokimliklari xodimlarning oʻziga ajratilgan xizmat kompyuterlaridan maqsadli foydalanishi ustidan oʻtkazilgan ichki monitoring natijalari oʻqib eshittirildi.
Ish soatini maqsadsiz sarflagani aniqlangan xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish, ta’sirchan chora ko‘rish tavsiya etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80214 | Инструменты