Birlashgan Arab Amirliklari sudi o‘tgan yilning noyabrida rohib Svi Koganni o‘ldirishda gumon qilingan uch nafar o‘zbekistonlikni o‘limga hukm qildi. Bu haqda Isroil hukumatidagi rasmiy manbalarga tayanib, Ynetnews xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hukm 30 mart kuni chiqarilgan. Biroq, BAA rasmiylari tomonidan e’lon qilinmagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu masala bo‘yicha hali rasmiy bayonot bermadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda sudlanuvchilardan birining yaqin qarindoshlari bilan suhbati audiosi tarqalmoqda. Unda aytilishicha, «uchala gumondorga ham o‘lim jazosi tayinlangan». Audioning haqiqiy ekani tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida rohib Kogan dom-daraksiz yo‘qolgan, ko‘p o‘tmay BAA politsiyasi uning jasadini zo‘ravonlik izlari bilan topgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71006 | Инструменты