19-may kuni "TASIMO-2026" olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, YUNISEF vakillari, ATB “Asia Alliance Bank”, UzReport TV, IDC taʼlim markazi rahbarlari, xorijiy mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda yoshlarga zamonaviy taʼlim tendensiyalari, xalqaro akademik imkoniyatlar, innovatsion iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Final bosqichiga qadar yetib kelgan barcha bilimdonlarga hal qiluvchi musobaqalarda zafarlar tilandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar sinflar kesimida auditoriyalarga joylashtirildi va olimpiada jarayonlari boshlandi. 3–9-sinf o‘quvchilari uchun 90 daqiqalik, 10–11-sinflar uchun esa 4,5 soatlik murakkab matematik bellashuvlar tashkil etildi. Masalalar ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, algoritmik yondashuvi va tahliliy qobiliyatini sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
Shaffoflik va xalqaro standartlar asosiy mezon bo‘ldi. Olimpiada jarayonlarida adolat, ochiqlik va shaffoflikka alohida eʼtibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51917 | Инструменты