​​Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan samolyot yo‘lovchilar janjali tufayli Toshkentga qo‘ndi

Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasining Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan LH729 yoʻlovchi reysi ikki yoʻlovchining janjali tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qoʻndi. 

Ekipaj samolyot oldiga huquq tartibot organlari xodimlarini chaqirishni so‘ragan.

Bortida 206 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 17:32 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Janjal ko’targan yo‘lovchilar reysdan olib tashlandi. Havo kemasi Toshkentdan belgilangan aeroportga soat 20:36 da uchib ketidi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110503 | Инструменты