​​Termiz xalqaro aeroporti vaqtincha faoliyatini to'xtatadi

2022-yil 1-noyabrdan 25-dekabrgacha Termiz xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo’natishni vaqtincha to‘xtatadi.

Ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlandi. Deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkaziah rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52105 | Инструменты