2-noyabr kuni kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Umumiy maydoni 500 kv.m bo'lgan alohida pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatiladi.
Aytish joizki, qurilgan pavilyon vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo‘lib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90713 | Инструменты