Har yili 1 aprel kuni sayyoramizda internatsional ekologik bayram – Xalqaro qushlar kuni keng nishonlanadi. U 1894 yilda AQShda paydo bo'lib, tez orada Yevropada ham o'tkazila boshlagan. Mazkur sana har yili YUNESKOning "Inson va biosfera" loyihasi doirasida o'tkazilib, uni nishonlashga aynan aprel oyi tanlangani ham bejiz emas.
[img 1]Har yili 1 aprel kuni sayyoramizda internatsional ekologik bayram – Xalqaro qushlar kuni keng nishonlanadi. U 1894 yilda AQShda paydo bo'lib, tez orada Yevropada ham o'tkazila boshlagan. Mazkur sana har yili YUNESKOning “Inson va biosfera” loyihasi doirasida o'tkazilib, uni nishonlashga aynan aprel oyi tanlangani ham bejiz emas. 1906 yilning 1 aprel kuni qushlarni asrash Xalqaro konvensiya imzolangan edi. Biroq, bu kun nafaqat Konvensiyaning qabul qilinganlik sanasi, balki qanotli do'stlarimizning qishlovdan uchib keladigan vaqti hamdir.
[img 2]Aksariyat olimlarning fikricha, xozirgi qushlar bundan tahminan 200 mln. yil avval yashagan mayda sudralib yuruvchilardan tarqalgan. O'ziga ozuqa qidir va yirtqichlardan qochish maqsadida, ularning ayrimlari evolyutsiya jarayonida daraxtga chiqish va shoxdan shoxga sakrashishga moslashib borgan. Bosqichma bosqich ularda qanotlar paydo bo'lib, ular uchish qobiliyatiga ega bo'lganlar. Poleontologlar esa hozirgi qushlar Yura davriga yashagan kichikroq yirtqich dinoavrlardan paydo bo'lgan deb hisoblashadi. Shunisi aniqki, 1600 yildan buyon butun dunyo bo'ylab qariyb 100 turdagi qushlar yo'qolib ketgan. Ularning aksariyati dengiz orollarida kichik to'da bo'lib yashashgan.
[img 3]Qushlarni muhofaza qilish maqsadida ba'zi davlatlar qushlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro bitimga a'zo bo'lishgan. Qushlar uchun jiddiy xavf tug'duruvchi holatlar inson faoliyati bilan ham bog'liq. Osmono'par binolar, teleminoralar, va boshqa ko'p qavatli binolar parvozdagi qushlar uchun jiddiy to'siq hisoblanadi. ba'zi holllarda ularni avtomobillar ham bosib o'tadi. Dengizlarda neftning oqib ketishi esa ko'plab suv qushlarining nobud bo'lishiga olib kelmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi ham jiddiy xavfni yuzaga keltiradi. Insonning qushlar olamiga bu kabi ta'sirini kamaytirishning asosiy usullaridan biri Xalqaro qushlar kunini o'tkazishdir. Bu kunda kattalar va bolalar suvda suzuvchi qushlar yashaydigan joylarni obodonlashtirib, quruqlikda yashovchi qushlarning uyalar va yemak joylarini osish bilan shug'ullanadilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40410 | Инструменты