Huawei 1
1 noyabrdan E-dalolatnoma elektron tizimi ishga tushiriladi

AOKAda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda davlat nazorati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi:

Shuningdek,“Energonazorat” platformasi ishlab chiqilib test variantida ishga tushirildi.

Elektr qurilmalarni ish faoliyatini masofaviy tahlil qilish maqsadida yangi dasturiy taʼminot ishlab chiqilmoqda.

O‘zenergoinspeksiyaning ish faoliyatida birinchi marotaba aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi uchun 2023-yilning 1-oktyabrdan boshlab “e-mamuriy ish” axborot tizimi ishga tushirildi.

Tizim tashkilotlari tomonidan taʼmirdan chiqarilgan 10 768 ta elektr qurilmalari, 30052,8 km uzunlikdagi tarmoqlar ko‘rikdan o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra 10 225 ta qurilmalar, 27 651,0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari komissiya tomonidan qabul qilindi. 543 ta qurilmalar, 2401,8 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarda kamchilik va nosozliklar borligi uchun qabul qilinmagan.

1771 ta gaz taqsimlash punktlari texnik holatlari o‘rganildi, o‘rganish natijasida 3794 ta kamchiliklar aniqlangan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 380 ta yozma ko‘rsatmalar berilib, bajarilishi nazoratga olingan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5 881 ta isteʼmolchi tomonidan 

858,8 mlrd.so‘mlik energiya resurslarida noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Shundan,

Elektr energiyasi bo‘yicha – 4 166 ta 464,5 mlrd so‘m (415,9 mln.kVt.s) 

Tabiiy gaz bo‘yicha – 1 715 ta 394,3 mlrd so‘m (227,7 mln.m3)

Korxona va tashkilotlarning 5 577 ta (5289 ta tadbirkorlik subyektlar, 237 ta davlat tashkilotlari, 51 ta tizim tashkilotlar)ning mansabdor shaxslariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, “e-mamuriy ish” axborot tizim orqali sud organlariga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100410 | Инструменты