Huawei 2
1-oktabrdan yurtimiz kinoteatrlarida "Ibrat" filmi namoyish etiladi

Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida "O'zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmining premerasi bo'lib o'tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Is'hoqxon Ibrat haqida bo'lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo'li tasvirlangan.    

Filmning katta premerasi 1 oktyabr kuni qayta ta'mirdan chiqqan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
   
Film rejissyori Jahongir Qosimov, ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo'ldoshev, postanovkachi operator Rustam Murodov,  postanovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Filmda rollarni  Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo'ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo'minova va boshqalar ijro etishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga