Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv quroli mavjud:
— O‘quvchi sumkasi
— 12 dona daftar
— Rasm daftari
— Akvarel bo‘yoqlari
— Rangli qog‘oz
— Qalamdon
— Sharikli ruchka
— Rangli qalam
— 2 dona oddiy qalam
— Plastilin
— Yelim
— 2 dona o‘chirg‘ich
“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25 avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80402 | Инструменты