1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi
2021-2022 o‘quv yili uchun umumtaʼlim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining axborot xizmati ma'lum qildi.
Qabul uchun arizalar my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirilmoqda. Ushbu elektron xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumtaʼlim maktablari uchun mavjud.
Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты