1-yanvardan boshlab xorijga faqat "qizil pasport" bilan chiqish mumkin bo'ladi
Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 16 avgustdagi PF-5156-son farmoniga asosan 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish tartibi bekor qilinib, uning o'rniga biometrik pasportlar berish ("qizil pasport") joriy etildi.
O'zbekiston fuqarolariga ikki turdagi pasport – ichki va xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirilmoqda.
Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlari bilan beriladi:
- tug'ilgan kunidan 1 yoshgacha – 2 yillik muddatga;
- 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yillik muddatga;
- 16 yoshdan katta bo'lgan shaxslarga – 10 yillik muddatga.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60613 | Инструменты