10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.
Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga chorlaydi.
Davlat madhiyasi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan. Unga O‘zbekiston xalq artisti, bastakor Mutal Burhonov musiqa bastalagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40503 | Инструменты