Huawei 1
10 oyda qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;

Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;

Rossiya – 686,7 ming nafar;

Turkmaniston – 145,0 ming nafar;

Turkiya – 95,7 ming nafar;

Xitoy – 57,7 ming nafar;

Hindiston – 55,9 ming nafar;

Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;

Italiya – 36,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты