Huawei 1
11-mart kuni O'zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumaning joriy yil 4-mart kungi farmoyishiga asosan 11 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, bu Navro‘z bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida:

- mahallalar;

- aholi yashash xonadonlari;

- koʻp qavatli uy atroflari;

- guzar va xiyobonlar;

- ziyoratgoh va qabristonlar;

koʻcha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91922 | Инструменты