Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 7,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,15 mln nafarga yoki 18,8% ga oshgan.
Turistlarning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi - 2,1 mln nafar;
Tojikiston - 2,1 mln nafar;
Qozog‘iston - 1,4 mln nafar;
Rossiya - 741,2 ming nafar;
Turkmaniston - 171,2 ming nafar;
Turkiya - 108 ming nafar;
Xitoy - 66,6 ming nafar;
Hindiston - 63,4 ming nafar;
Koreya Respublikasi - 39,1 ming nafar;
Afg‘oniston - 38 ming nafar;
Boshqa davlatlar - 428,8 ming nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12504 | Инструменты