Huawei 1
14-mart: Bugun O’zbekistonda harorat +27 darajagacha ko’tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14-mart kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.    

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi   7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.    

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80214 | Инструменты