Huawei 1
15-may — Xalqaro oila kuni

Bugun, 15 may kuni jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to'g'risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15 may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo'ylab keng nishonlanishi belgilab qo'yildi.

Xalqaro oilalar kunini o'tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog'liq muammolarga qaratishdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90909 | Инструменты