Huawei 1
17 maydan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti to'liq an'anaviy ta'lim tizimiga o'tadi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Sh.Rixsiyeva o‘quv jarayoni 2021-yil 17-maydan an’anaviy shaklda davom ettirilishini ma'lum qildi.

Mamlakatimizdagi COVID-2019 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib 22.04.2021-yil 160-UM buyruq bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘quv jarayoni 22-apreldan 6-mayga qadar masofaviy shaklga o‘tkazilgan edi.

Talabalar Ramazon hayiti bayramini oila davrasida munosib nishonlashiga sharoit yaratish maqsadida 30.04.2021-yil 165-UM-sonli buyruq bilan universitetdagi masofaviy ta’lim muddati 15-mayga qadar uzaytirildi.

17- maydan e’tiboran esa universitet to’liq offline , ya’ni an’anaviy ta’lim tizimiga o’tadi.  Shuningdek, davlat imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlar himoyalari ham 100% an’anaviy tarzda o’tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112918 | Инструменты