Huawei 2

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin. Samarqand va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtda  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq  bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga