Huawei 1
2 oyda 5,2 ming nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 5,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 34,7 %ga oshgan.

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Koreya Respublikasiga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

- sayyohlik – 3 588 nafar;

- qarindoshlarni yo‘qlash – 944 nafar;

- o‘qish – 661 nafar;

- xizmat yuzasidan – 47 nafar;

- davolanish – 6 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41509 | Инструменты