2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 32 953 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Statistika agentligining ma'lumotiga ko'ra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5302 taga (13,9%) kamaygan.
Quyida hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni keltirilgan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2 506 nafar
Andijon – 2 498 nafar
Buxoro – 2 231 nafar
Jizzax – 1 054 nafar
Qashqadaryo – 3 775 nafar
Navoiy – 724 nafar
Namangan – 2 087 nafar
Samarqand – 3 490 nafar
Surxondaryo – 3 220 nafar
Sirdaryo – 662 nafar
Toshkent – 2 040 nafar
Fargʻona – 2 889 nafar
Xorazm – 3 697 nafar
Toshkent sh. – 2 080 nafar
Eslatib o'tamiz, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYO organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 399 taga yoki 11,7%ga kamaygan.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan. Bunday nikohlarning eng ko'pi Toshkent shahri va Buxoro viloyatida qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты