Huawei 1
2024-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga 230 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘ yo‘naltirildi

2024-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga 230 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘ yo‘naltirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov maʼlum qildi.

Davlat idoralarining 7 965 nafar rahbariga alohida ishlash talab etiladigan 122 715 nafar yoshlar nomma-nom biriktirilib, bugungi kunda rahbarlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan barcha yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va 67 086 nafarining turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 17 460 nafar xodimlariga 4 mln yoshlar otaliqqa berilib, ularning 178 132 ta ijtimoiy va maishiy muammolari hal etildi.

Shuningdek, 150 ming 829 nafar yoshga dehqonchilik qilishi uchun “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan 54,3 ming gektar unumdor yer maydonlari ajratilib, 165,4 ming tonna mahsulot yetishtirildi va 1 trillion 158 mlrd so‘m daromad olindi.

Yangi tajriba asosida vatanparvarlik oromgohlari, “Jasorat” maktablari, harbiy xizmatga jalb etish bo‘yicha yoshlar yetakchilari tomonidan 114 mingdan ortiq tadbirlar o‘tkazilib, 4 mln yoshlar qamrab olindi.

Natijada, 1 814 ta mahalla “yoshlar ishsizligidan holi hudud”ga aylandi va 4 024 ta mahallada yoshlar tomonidan umuman jinoyat sodir etilmadi.

Shuningdek, yuqori daromadli faoliyatga jalb etish maqsadida “Kelajak kasblari” loyihasida 18,6 ming yoshning o‘quv markazlardagi 53,3 mlrd so‘mlik kurs xarajatlari to‘lab berildi.

Germaniyada dual taʼlim (Ausbulding) dasturi doirasida 8 mingga yaqin yosh nemis tili kurslarida o‘qitilib, 512 nafari Germaniyaga kasbiy taʼlim olish va ishlash uchun yuborildi.

Kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi orqali 805 mingdan ortiq, “Mutolaa” loyihasi orqali 959 ming 905 nafardan ortiq yoshlar qamrab olinib, loyiha doirasida 1 ming 414 ta audio va 1 ming 623 ta elektron kitob yaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты