Huawei 1
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyida ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi, deya xabar berdi Jahon oltin kengashi (World Gold Council).

Aprelda jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari 12 tonnaga oshdi. Bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan 1,4 baravardan ortiqqa kam.

Polsha qimmatbaho metall xaridi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Aprel oyida mamlakat Milliy banki o‘z zaxiralarini 12 tonnaga oshirdi, yil boshidan buyon uning zaxiralari 61 tonnaga ko‘paydi. Keyingi o‘rinlarda Chexiya (3 tonna), Xitoy, Turkiya, Qirg‘iziston (2 tonnadan), shuningdek, Qozog‘iston va Iordaniya (1 tonna) turibdi.

O‘zbekiston Markaziy banki 11 tonna sof oltin sotishni amalga oshirdi. Yillik hisobda mamlakatning sof qimmatbaho metall savdosi 26 tonnani tashkil etib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60607 | Инструменты