Huawei 1
2025-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratilishi mumkin?

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi.

Hujjat bilan, kelasi yil uchun mamlakat budjetidan birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilanmoqda.

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 281,37 trln so‘mni tashkil etadi. Bu 2024-yil uchun ajratilgan mablag‘dan qariyb 26 trln so‘m yoki 10%dan ortiqqa ko‘p.

Joriy xarajatlar (203,06 trln so‘m) kesimida rivojlanish dasturlari uchun 31,38 trln so‘m, obyektlarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga — 11,55 trln so‘m hamda maqsadli jamg‘armalarga transfertlar uchun 33,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Mablag‘larning davlat tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti:

T/r
Davlat tashkilotlari nomi
Ajratiladigan summa, so‘mda
1
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
59,46 trln (2024-yilga nisbatan 27,4%ga ko‘p)
2
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
6,27 trln (+2,44%)
3
Sog‘liqni saqlash vazirligi
5,09 trln (+10,4%)
4
Madaniyat vazirligi
1,17 trln (+6,4%)
5
Sport vazirligi
1,13 trln (-37,7%)
6
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
1,99 trln (+10,9%)
7
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
1,79 trln (+4,5%)
8
Suv xo‘jaligi vazirligi
10,4 trln (-0,3%)
9
Energetika vazirligi
123,02 mlrd (-49,29%)
10
Transport vazirligi
6,71 trln (8,53%)
11
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
927,11 mlrd (+4,97%)
12
Tog‘-kon sanoati va geologiy vazirligi
1 trln (+7,4%)
13
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
12,58 mlrd (+8,96%)
14
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
12,12 mlrd (+6,7%)
15
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
733,2 mlrd (-49,2%)
16
Statistika agentligi
238,8 mlrd (-7,11%)
17
Tashqi ishlar vazirligi
1,02 trln (+17,4%)
18
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
1,11 trln (+4,47%)
19
Raqamli texnologiyalar vazirligi
532,42 mlrd (+69,6%)
20
Adliya vazirligi
322,49 mlrd (+34,7%)
21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
95,9 trln (+4,12%)
22
Soliq qo‘mitasi
169,39 mlrd (+6,9%)
23
Vazirlar Mahkamasi
2,18 trln (+7,7%)
24
Prezident Administratsiyasi
1,67 trln (+4,6%)
25
Oliy Majlis Senati
127,25 mlrd (+17,3%)
26
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
178,8 mlrd (+1,7%)
27
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
18,6 mlrd (+3,8%)
28
Bosh Prokuratura
2,73 trln (+29,3%)
29
Oliy sud
1,8 trln (+5,9%)
30
Konstitutsiyaviy sud
12,9 mlrd (+8,7%)
31
Sudyalar oliy kengashi
53,7 mlrd (+14,9%)
32
Markaziy saylov komissiyasi
29,4 mlrd (+60,7%)
33
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
881,3 mlrd (+57,4%)
34
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
40,7 mlrd (+10,8%)
35
Ma’naviyat va ma’rifat markazi
75,4 mlrd (+11,3%)
36
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respulikasi Milliy markazi
16,1 mlrd (+9,4%)
37
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
350 mlrd (2,33 baravar ko‘p)
38
Fanlar akademiyasi
446,8 mlrd (+3,9%)
39
Badiiy akademiya
160,39 mlrd (+14,3%)
40
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
33,15 mlrd (+7,9%)
41
Hisob palatasi
116,04 mlrd (+9,4%)
42
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
685,5 mlrd (+7,8%)
43
Strategik islohotlar agentligi
20,3 mlrd (-47,6%)
44
Bolalar ombudsmani
3,28 mlrd (+44,7%)
45
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi
837,2 mln (+14,1%)
46
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
10,9 mlrd (+20,1%)
47
Milliy antidoping agentligi
8,7 mlrd (+7,3%)
48
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
163,7 mlrd (3,88 baravar ko‘p)
49
Madaniy meros agentligi
177,3 mlrd (-16,9%)
50
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21,13 trln (+4,26%)
51
Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
1,27 trln (+0,3%)
52
Yoshlar ishlari agentligi
456,13 mlrd
53
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
105,68 mlrd
54
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
95,68 mlrd
55
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
28,5 mlrd
56
Atom energiyasi agentligi
43,64 mlrd
57
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
3,14 mlrd
58
O‘zenergoinspeksiya
28,1 mlrd
59
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
9,26 mlrd
60
Boshqa tashkilotlar
49,98 trln (+12,1%)


Shuningdek, qonun loyihasi bilan kelasi yilda elektr energiyasini xarid qilish va sotish narxlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan xarajatlar miqdorini pasaytirish rejalashtirilmoqda — 500 mlrd so‘mgacha. 2024-yilda buning uchun 2,5 trln so‘m yo‘naltirilgandi.

Ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash va joriy faoliyatini moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘lar 2,5 trln so‘mga qisqartirilib, 7 trln so‘m etib belgilanmoqda.

Kelasi yilda banklar ustav kapitalini oshirish maqsadida 1,59 trln so‘m yo‘naltiriladi. DXSh asosida loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish xarajatlari 150 mlrd so‘mga qisqartiriladi — 50 mlrd so‘m. Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirishga 2,5 trln so‘m (+1 trln so‘m) ajratiladi.

Loyihada muqobil energiya uskunalarini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lovlari (20 mlrd so‘m), quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasini xarid qilishga (10 mlrd so‘m) subsidiya ajratish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 125 mlrd so‘mga kamaytirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты