2024-yil yakunida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarining umumiy soni 1 972 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Unga ko'ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 540 taga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2024-yil yakunida mamlakat bo‘ylab jami 1 972 ta shifoxona faoliyat yuritgan. 2023-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 540 taga oshgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimidagi kengayish va infratuzilmani yaxshilash jarayonlarini aks ettiradi.
Hududlar kesimida eng ko‘p shifoxona Andijon viloyatida joylashgan bo'lib, jami 265 tani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (245 ta) va Toshkent shahri (239 ta) qayd etilgan.
Shuningdek, Namangan (200 ta) va Samarqand (193 ta) viloyatlari ham tibbiyot muassasalari soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan.
Eng kam shifoxonalar esa Navoiy viloyatida (44 ta) va Sirdaryo viloyatida (48 ta) faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimidagi shifoxonalar soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62 ta
Andijon viloyati – 265 ta
Buxoro viloyati – 134 ta
Jizzax viloyati – 71 ta
Qashqadaryo viloyati – 136 ta
Navoiy viloyati – 44 ta
Namangan viloyati – 200 ta
Samarqand viloyati – 193 ta
Surxondaryo viloyati – 96 ta
Sirdaryo viloyati – 48 ta
Toshkent viloyati – 145 ta
Farg‘ona viloyati – 245 ta
Xorazm viloyati – 83 ta
Toshkent shahri – 239 ta
Alpha version: 0.9.1.19 build 110815 | Инструменты