Huawei 1
Ipoteka subsidiyalari soni 1,5 baravarga oshiriladi

“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- hududlarda jami 8,1 million m.kvdan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;

- ipoteka kreditlari bo'yicha dastlabki badal va foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat byudjetidan 2,5 trillion so'm yo'naltirish;

- uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun 20,9 trillion so'm miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;

- “Yangi O'zbekiston” va boshqa massivlarda ko'p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag'lar bilan ta'minlash uchun Davlat byudjetidan 700 milliard so'm hamda tijorat banklarining o'z mablag'lari hisobidan 3,0 trillion so'm miqdoridagi mablag'larni yo'naltirish.

2025-yilda “Yangi O'zbekiston” va boshqa massivlarda ko'p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlandi.

2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22414 | Инструменты