“2026 yil uchun (O‘RQ–1105-son, 25.12.2025 y.) O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonunning maqsadi 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga ko‘ra, 1-darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Ushbu Qonun 2026 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122613 | Инструменты