Huawei 1
2026-yilgacha Toshkent metropoliteniga 104 ta metro vagonlari olib kelinadi

2026-yilgacha Toshkent metropoliteniga 104ta metro vagonlari olib kelinadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yilda poytaxt metrosi 172 mln nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, joriy yil yakunigacha bu 209 mln nafar yo‘lovchini tashkil etishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, hozirda kunlik yo‘lovchilar soni 920−930 ming nafarni tashkil etib, yil yakunigacha bir kunda 1 mln nafarga yetishi prognoz qilinmoqda.

“Toshkent metropoliteni” daromadlari 2016-yildagi 63 mlrd so‘mdan 2023-yilda 477 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan davrga nisbatan qariyb 8 barobarga ko‘paydi. O‘rtacha ishchi xodimlar oylik ish haqi 2016-yilda 815 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda — 6,2 mln so‘m.

So‘nggi 3 yilda yangi turdagi 29 ta harakat tarkiblari xarid qilinib, 2024-yilda poyezdlar soni 65taga yetkazildi. Xizmat muddatini o‘tib bo‘lgan harakat tarkibi — 21 ta.

2021-yilda nosozliklar va to‘xtab qolish holatlari 138tani tashkil qilgan. 2023-yilda bunday holatlar soni 71ta qayd etilib, 2 barobarga kamaygan.

Joriy yil yakunidan boshlab 48 ta va 2025-yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona metro vagonlarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirish belgilangan.

Yangi metro vagonlari kelishiga 3 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval hozirgi 9, 4 daqiqadan 2−3 daqiqagacha kamaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты