13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi.
O‘zbek yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza – jami 19 medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, matematika fanidan “Artel Technical School” nodavlat taʼlim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi 20-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 14 ta medalga sazovor bo‘lgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11916 | Инструменты