Huawei 1
24-iyul kuni akademik litseylarga kirish test sinovlari bo'lib o'tadi

2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda:

1-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;

2-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2023.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52515 | Инструменты