283 nafar yurtdoshlarimiz va xorijiy hamkorlar “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan qonunga asosan O‘zbekistonda 30-iyul sanasi Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
UZREPORT TV muxbirining xabar berishicha, respublikada ikkinchi bor bayram qilinayotgan ushbu sana munosabati bilan davlat rahbari farmoniga ko'ra, bir guruh hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari — orden va medallari bilan taqdirlandi.
Bugun, 6-avgust kuni poytaxtdagi “International Tashkent Hotel” mehmonxonasida 283 nafar yurtdoshlarimiz va xorijiy hamkorlarni “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mukofotlarni Senat raisi Tanzila Narbayeva va Oliy majlis spekeri Nurdinjon Ismoilov o‘z egalariga topshirdi.

Eslatib o'tamiz, 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e'lon qilingandi. Farmonga ko'ra, yurtdoshlarimiz va xorijiy hamkorlarlar "Mehnat shuhrati" ordeni, "Do‘stlik" ordeni, II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni hamda "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82817 | Инструменты