Huawei 1
3-6-yanvar: 2023-yilning ilk haftasida respublika bo'ylab qor va yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” 3-6-yanvar kunlari respublikada qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi. Unga ko'ra,Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, 3-yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog'adi. 4-5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 

Harorat kechasi 3-yanvarda 2° sovuq, 4-yanvarda 3-8° sovuq, 5-6-yanvarda kunduzi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 3-yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog'adi. 4-5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 

Harorat kechasi 3-yanvarda 0-5° iliq, 4-yanvarda 0-5° sovuq, 5-6 yanvarda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3 yanvarda 5-10° iliq, 4-6 yanvarda 3-8° iliq bo’ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 3-4-yanvarda yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 

Harorat 3-yanvarda kechasi 2° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 4-yanvarda kechasi 2° sovuqkunduzi 5-10° iliq, 5-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 6-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatida kechasi 3-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 4-yanvarda 3-8° sovuq, 5-6-yanvarda 0-5° sovuq kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 3-4-yanvarda yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. 5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin.

Harorat 3-yanvarda kechasi 2° sovuqkunduzi 0-5° iliq, 4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 5 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 6 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, 3-4-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. 5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. 

Harorat kechasi 0-5° iliq, 3-yanvarda kunduzi 5-10° iliq, 4-yanvarda 7-12° iliq, 5-yanvarda 9-14° iliq, 6-yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 3-4-yanvarda  yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. 5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 

Harorat kechasi 2° sovuqkunduzi 3-yanvarda 0-5° iliq, 4-yanvarda 2-7° iliq, 5-6-yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 3-4-yanvarda yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. 5-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 6-yanvarda ba’zi joylarda yomg’ir va qor yog'ishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты