3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi. Ushbu sana ni nishonlash 1983-1992 yillarni qamrab olgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti nogironlar o'n yilligining oxirida tayinlandi. Mazkur o'n yillik nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko'rish davriga aylandi. Bir muncha vaqtdan so'ng, BMT Bosh assambleyasi tashkilotga a'zo davlatlarni har yili mazkur Sana sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.

Jahonda taxminan 1 mlrd. nogiron istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko'lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va ahloqiy to'siqlarga duch keladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular dunyodagi eng kambag'al aholining haddan ortiq ko'p ulushini tashkil qilib, ta'lim, bandlik, sog'liqni saqlash vhamda ijtimoiy va huquqiy ko'mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi. Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o'tkazilishi nogironlar muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan. Aytish joizki, 1982 yilda Bosh assambleya tomonidan qabul qilingan nogironlarga nisbatan Butunjahon chora-tadbirlar dasturida inson huquqiga to'liq va teng rioya qilish va nogironlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki kabi maqsadlar ilgari surilgan. Har yili mazkur sana doirasidagi tadbirlar ma'lum shior ostida o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты