Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikamiz miqyosida isteʼmolchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida, Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilish holati o‘rganildi.
Jumladan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazilganda, tibbiyot birlashmasi tomonidan metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilmagan jihozlardan ko‘rsatilgan xizmatlari uchun isteʼmolchilardan olingan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilinganda, metrologiya tekshirishidan o‘tkazilmagan “Portativ EKG”dan 2024-yil aprel oyidan avgust oyigacha bo‘lgan muddat oralig‘ida 88 ta isteʼmolchilardan 2 640 000 so‘m olinganligi aniqlangan.
Buxoro viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan tibbiy pullik xizmatlar narx(tarif)larini o‘rganish davomida tibbiyot markazi tomonidan 2023-2024-yillar davomida funksional diagnostika bo‘limida ko‘rsatilgan xizmatlarda jami 152 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari amalda to‘lanmagan ish haqi mehnat xarajatlari oshirib kiritish evaziga 35 172 ta isteʼmolchilardan ortiqcha olinganligi holatlari aniqlandi.
Surxondaryo viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil yanvar oyidan oktyabr oyigacha tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holati va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilishi orqali isteʼmolchilardan olingan to‘lovlar maʼlumotlarining solishtiruvi asosida o‘rganish o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasida isteʼmolchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar hisobidan 398 nafar nomuayyan isteʼmolchiga 8 940 000 so‘mlik 1 ta xizmat turi bo‘yicha bemorlarga metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan tibbiy sinash va o‘lchash vositalari qo‘llanilgan holda xizmatlar ko‘rsatilganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalar tomonidan (Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali va “KARDIO-SONO MED SERVIS” MCHJ) jami 37 mingdan ortiq isteʼmolchilarga kafolatlanmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 12, 19, 20, 21 va 27 moddalari talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarga nisbatan, qonunbuzilish holatining bartaraf etilish va ortiqcha olingan pul mablag‘larni isteʼmolchilarga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты