4 yanvar – Butunjahon Brayl alifbosi kuni
Brayl alifbosi bo'rtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo bo'lib, ko'zi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824 yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi ko'z ojizlar va zaif ko'ruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.
Mazkur xalqaro kun Brayl alifbosining ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar o'rtasida savod chiqarish, ta'lim olish, ma'rifiy savodxonlikni oshirishdagi ahamiyatini xalqaro miqyosda e'tirof etish, bu yozuvda o'quv, ilmiy, siyosiy va badiiy adabiyotlarni nashr qilishni qo'llab-quvvatlash maqsadida nishonlanadi.
Ayni paytda mamlakatimizda ham Brayl alifbosida turli nashrlar, jumladan huquqiy adabiyotlar chop etilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21202 | Инструменты