Huawei 1
42 kmdan 150 kmgacha. Poytaxt kanallari bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 7 yilda qanchaga uzayadi?

2030-yilda Toshkent shahridagi kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda poytaxtdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda ko‘ngilli sayr qilish maskanlari barpo qilindi. Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi. Bu ishlar izchil davom ettirilib, kanallar bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 2024-yilda 50 km, 2025-yilda 60 km, 2026-yilda 75 km, 2027-yilda 90 km, 2028-yilda 110 km, 2029-yilda 130 km va 2030-yilda 150 kmga yetkaziladi.

Sayilgohlarda aholi ko‘ngilli madaniy xordiq chiqarishi uchun bolalar o‘yingohlari, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80402 | Инструменты