Huawei 1
7 oyda 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 31,2 % ga oshgan.

2024 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Fransiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

dam olish – 10 780 nafar;

xizmat yuzasidan – 662 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 640 nafar;

tijorat – 43 nafar;

o‘qish – 28 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты