Avvalroq, Namangan viloyati Chust tumanidagi bog'chalarning birida bolalar zaharlangani haqida xabar bergan edik.
Qo‘shimcha berilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Chust tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.
Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borishgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan. Shunga ko‘ra, 23-MTT dan 35 nafar, 51-MTT dan 20 nafar, 18-MTT dan 5 nafar, 36-MTT dan 3 nafar, 7- o‘rta ta‘lim maktabidan 1 nafar, 43-MTT dan 1 nafar, 21-o‘rta taьlim maktabidan 1 nafar, 30-MTT 2 nafar 35-MTT dan 1 nafar 34-MTT dan 1 nafar, oilaviy MTT dan 1 nafar jami, 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar, xususan, tez tibbiy yordam tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, yashash uyiga qaytarilgan.
Qolgan bolalarning ham ahvoli moʻtadil, ular shifokorlar nazoratiga olingan.
Qayd etilishicha, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q.
Voqeaning kelib chiqish tafsilotlari tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112205 | Инструменты