Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan.
1370-yilda Balxda bo'lib o'tgan qurultoyda ulug' amir deb e'lon qilingan Amir Temur, tarqoqlikni bartaraf etib, o'lkalarni yagona davlatga birlashtirdi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'i, Farg'ona va Shosh viloyatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Hind va Gangadan Zarafshongacha, TyanShandan to Bosforgacha ulkan saltanat barpo etdi.
Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo'yadi.
Shuningdek, Amir Temur mamlakatda ma'naviyatning qo'llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o'tmish davrlarning oliy an'analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Temuriylar sulolasi vakillarining ma'naviyat va madaniyatga alohida e'tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishildi.
Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.
Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.
Biz sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni quyida keltirib o‘tamiz:
1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2. Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399-yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom yetgan. 1402-yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid II ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Fransiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol yetgan.
7. Buyuk sulola asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Vizantiya, Angliya, Fransiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
8. 1404-yilda Amir Temur 200 ming qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga dafn qilganlar. Hozirda u Go‘ri Amir maqbarasidadir.
10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996-yilda rasman ochilgan.
13. 1996-yilda O'zbekistonda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan.
14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi XVII asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90423 | Инструменты