Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, 2025-2026 o‘quv yili uchun respublika hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o‘rindan vakant qolgan o‘rinlar uchun abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
Shunga muvofiq, 2025 yil 25 noyabrdan 4 dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025 yil 11 dekabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani ham Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112612 | Инструменты