Huawei 1
Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda inobatga olinishi kutilmoqda

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ishlab chiqilgan "Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning ABITUR dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100% deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

- 86–100 % uchun – 5 baho;
- 71–85 % – 4 baho;
- 56–70 % – 3 baho;
- 56 % gacha – 2 baho.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchi tugatdi. Ularning soni o‘tgan yilgi bitiruvchilar soni bilan deyarli teng. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi qabulda 1 mln 260 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62408 | Инструменты