Huawei 1
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi

Rossiya Ta’lim vazirligi ukrain tilini federal umumiy ta’lim dasturidan (FOOP) chiqarib tashladi. Ushbu qoida 22 iyun, yakshanba kuni «Kommersant» e’tiborini tortgan boshlang‘ich, asosiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlariga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi 200 sahifalik buyruqda keltirilgan.

Nashr ta’kidlaganidek, vazirlik barcha ta’lim darajasidagi milliy respublikalar maktablarida ona tilini o‘qitishga bag‘ishlangan blokdan ukrain tilini chiqarib tashlashni rejalashtirmoqda. Qaror «dunyodagi o‘zgargan geosiyosiy vaziyat» munosabati bilan qabul qilindi, deyiladi hujjat tushuntirish xatida.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yilida Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya va Xerson viloyatlaridagina ukrain tili ona tili sifatida o‘qitildi. Bundan tashqari, ota-onalarning bayonotlariga ko‘ra, o‘sha o‘quv yilida Qrim, Donetsk va Luhansk viloyatlarida, shuningdek, Boshqirdiston Respublikasida ukrain tili o‘qitilgan.

Maktab ta’limi dasturidagi yana bir o‘zgarish – umumta’lim maktablarida agrotexnologik sinflar tashkil etish imkoniyati, deb yozadi «Kommersant».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62321 | Инструменты