Adliya vazirligi, Energetika vazirligi va Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni taʼminlash bo‘limi tashkil etiladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekistonning 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni taʼminlash bo‘limi tashkil etiladi.

2026 yil 1 apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda byudjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalariga yo‘naltiriladi.

DXXning milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ularning kiberxavfsizlik borasidagi kamchiliklarini aniqlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazib boriladi.

Mazkur tanlovlar DXX tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31116 | Инструменты