Afg‘oniston O‘zbekistonga ko‘mir eksport qilishni boshlaydi

Afg‘onistonning Balx viloyati hokimi matbuot kotibi Hoji Zaid O‘zbekiston bilan muhim savdo kelishuvlari imzolanganini e’lon qildi, deya xabar berdi Afghanistan International.

Qayd etilishicha, «Tolibon»ning Pokiston bilan munosabatlaridagi keskinlikning oshishi chegara punktlarining yopilishiga sabab bo‘lgan. Natijada Afg‘oniston tomoni qo‘shni va mintaqaviy davlatlar, xususan, Eron va O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini kengaytirishga intilyapti.

Shuningdek, «Tolibon» tomoni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekiston havo yo‘li orqali Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yevropa bozorlariga eksport qilinishini rejalashtirgan.

Moliya vazirligi Pokiston bilan aloqalarining uzilishi Afg‘oniston savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagani va bojxona tushumlari kamaymaganini ta’kidlagan. Vazirlik muqobil kanallar orqali savdo aloqalarini mustahkamlashda tadbirkorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112618 | Инструменты