Huawei 1
Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida imtiyozli savdo bo‘yicha kelishuv imzolandi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatida sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Qudratov bilan ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, ushbu kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasidagi boj stavkalari kamaytiriladi, bu esa savdo faoliyatida qulayliklar yaratadi va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Shu bilan birga, tomonlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida Afg‘oniston-O‘zbekiston qo‘shma ish rejasini ham imzolagan.

“Ushbu hujjatlarning imzolanishi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirish, mintaqaviy savdoni kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61316 | Инструменты