Agar Alloh nasib qilmasa, agar rizqi tugagan bo’lsa, tomoqdan bir qultum suv ham o’tmaydi —  Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov

O’zbekiston Musilmonlar idorasi raisi Muftiy Nuriddin hoji Xoliqnazarov rizq haqida insonlarga ibrat bo’luvchi voqeani aytib berdi.

Domlaning so’zlariga ko’ra, u kishi imom bo’lib xizmat qilganlarida bir mayitni yuvishida ishtirok etganlar. Shunda g’assol jasadni og’zi ishib qolganini ko’radi va og’ziga barmog’ini tiqib yuvganida ohirgi tishlagan non bo’lagi chiqqan ekan.

“Ko’rib, shu rizqi emas ekan, tugagan ekan-da rizqi, shu sabab bir bo’lak non yutilmadi”,- deganman deydi domla.

Agar Alloh nasib qilmasa, agar rizqi tugagan bo’lsa, tomoqdan bir qultum suv ham o’tmaydi. Allohni berganidan ortig’ini ololmaymiz. Topayotgan rizqimizga baraka berishi so’rashimiz kerak.

“Payg’ambarimiz alayhissalom aytadilarki, "Insonning rizqi uni o’limi quvgandek ortidan quvib yuradi". O’limdan qochib qutilolmaymizku, qayerga borsak ham, o’sha yerga quvib boradi, rizqimiz ham huddi shunday.  

Kasal bo’lishimiz ham rizq o’zi. Buyam taqdirda yozilgan, undan qochib ketolmaymiz. Lekin biz baribir mehnat qilib, harakatda bo’lamiz, halol rizq topish payida bo’lamiz. 

Rizq hech qachon o’zgarmaydi. Alloh bunda belgilab qo’ygan, adad hech qachon kamaymaydi.

Modomiki, rizq bellgilab qo’yilgan ekan, unda nega biz unga baraka so’rab duo qilamiz? Asosiy gap shunda! Biz uning o’zini emas, barakasini so’raymiz. Shunday insonlar borki, 100 so’m topadi, lekin 1000 so’mlik barakasi bor. Nega? Chunki, Alloh uning shu puliga baraka bermoqda.

Rizq aslida milliardlab pul bilan o’lchanmaydi. Puli ko’p bo’lib ketgan inson baxtli degani emas. Shunaqangi milliarderlar bor, dunyodagi eng baxtsiz odam. Lekin shunaqa faqir insonlar bor, eng milliarder insonlardek, baxtli yashaydi. Ularni rizqqa qanoati bor. Agar biz ham shunga qanoat qilib, shukurga o’tib, harakatimizni qilsak, Alloh taolo bizni hamma qilgan ishimizga o’zi baraka beradi In sha Alloh, deya so'zini yakunlaydi muftiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты