Huawei 2
Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy taʼsir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlashda 33 ta noqonuniy qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy taʼsir o‘tkazayotgan radioxalaqitlarni aniqlashda 33 ta noqonuniy qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Ruxsora Masharipova maʼlum qildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilinishi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan 13 101 ta nazorat tadbirlari, xususan 149 ta obyektlarda o‘rganish hamda 12 952 ta monitoring tadbirlari tashkil etildi.

Nazorat tadbirlarida 3 828 ta kamchilik aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha idora va tashkilotlarga 20 ta taqdimnoma, ko‘rsatma, 637 ta ogohlantirish va 114 ta xulosa hamda takliflar berilib, ijrosi nazorat qilindi.

Qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilmagan 61 ta shaxsga, jumladan 39 nafar jismoniy va 22 nafar yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanildi.

2024 yilning I choragida sohaga oid 2 806 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 75,0 foizi, yaʼni 2 001 tasi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 2 198 tasi Inspeksiyaning 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga yo‘llangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga