Pokiston hukumati Milliy telekommunikatsiya boshqarmasi va mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalariga mamlakat soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarga tegishli 500 mingdan ortiq mobil telefon SIM-kartalarini blokirovka qilishni buyurdi.
Geo TV ning xabar berishicha, bu chora 2023-moliya yili uchun daromad soligʻi deklaratsiyasini topshirmagan Pokiston fuqarolariga taʼsir qiladi. Telekommunikatsiyalar boshqarmasi va telekommunikatsiya kompaniyalari 2024-yil 15-maygacha hukumat ko‘rsatmasiga rioya qilishlari kerak.
Yuqorida qayd etilgan shaxslarning SIM-kartalari Federal daromadlar byurosining keyingi xabarnomasiga qadar bloklangan holda qoladi.