Huawei 1
"Air China" Urumchi va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni qo'lga qo'ydi

Pekin-Toshkent-Pekin reyslari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, "Air China" Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishida yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochish orqali O‘zbekistondagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda.

22-iyul kuni soat 12:50da ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Boeing-737 samolyotida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaga ko‘ra suv arkasi, gullar va bayramona muhitda bilan kutib olindi.

"Urumchi va Toshkent oʻrtasidagi aviaqatnovning ochilishi Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aviatsiya hamkorligini mustahkamlash yoʻlidagi navbatdagi qadamdir. Ishonchimiz komilki, bu yoʻnalish biznes va sayyohlik aloqalarini kengaytirishga hissa qoʻshadi. Yoʻlovchilarga ishonchli, qulay va zamonaviy havo qatnovini taqdim etish biz uchun juda muhim”, - dedi aviakompaniya vakili.

“Xalqaro aviatsiya yetakchilaridan birining yangi yo‘nalishini kutib olish jamoamiz uchun muhim voqea. Ishonchim komilki, Urumchi-Toshkent reysi yo‘nalishlar tarmog‘ida o‘zining munosib o‘rnini egallaydi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashda ishonchli ko‘prik bo‘ladi”, — dedi Uzbekistan Airports Handling direktori Timur Xalilov.

"Air China" aviakompaniyasining Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlari haftada uch marta - seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72303 | Инструменты